Яндекс.Метрика
INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARI VA O‘RGANIVCHILARI UCHUN

Mastering Exam Skills: Reading

Ingliz tili o‘qituvchisimisiz? Ishxonaningiz CEFR yoki IELTS so‘rayaptimi? Yoki abituriyentmisiz - oliy ta'limga kirish uchun imtihon topshirishingiz kerakmi? Ingliz tilidagi matnlarni tushunish va ular asosidagi savollarga tez javob topishda qiynalasizmi? 

Bu kursda siz ingliz tilida matn bilan ishlash samaradorligini oshirishga yordam beradigan strategiyalarni hamda CEFR Multilevel va IELTS singari imtihonlarning "O‘qib tushunish" bo‘limida yuqori natija ko‘rsatish uchun nimalarga e'tibor berish kerakligini o‘rganasiz.
Write your awesome label here.

Kurs mundarijasi

Kurs muallifi va kuratori

Komil Jalilov

Pedagog, ta'lim masalalari bo‘yicha ekspert
Komil Jalilov 20 yildan oshiq ta'lim sohasida faoliyat olib boradi. Samarqand davlat chet tillar instititutini, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini hamda London Universiteti Kollejini (UCL, Buyuk Britaniya) bitirgan. Kolumbiya Universitetida (Nyu York, AQSH) va TXVUda (WIUT) malaka oshirgan. JIDU va TXVU qoshidagi akademik litseylar, MDU Toshkent filiali va TDO‘TAU singari ta'lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borgan, ta'lim mazmuni, metodikalari va baholash usullarini yangilashga qaratilgan respublika miqyosidagi va xalqaro loyihalarda ishtirok etgan. Bir qator qo‘llanmalar muallifi.