Telegram yoki LMS?

O‘qiyotgan kursingizga kirsangiz, kursning mundarijasi ko‘z oldingizda turadi va tizim hozir qaysi darsda ekanligingizni, qaysi darslarni tugatganingizni ko‘rsatib boradi.

LMS dars kontentini (matn, rasm, video va hokazo) chroyli, vizual tarzda o‘ziga tortadigan qilib joylashtirish imkonini beradi. Bu esa o‘zlashtirish jarayonini yanada jozibaliroq qiladi.

O‘zlashtirishni nazorat qilish
Telegram orqali o‘zlashtirishni nazorat qilish qiyin. To‘g‘ri, telegram kanalda ham testlar qilish mumkin, lekin faqat ularning turi va imkoniyatlari cheklangan.

LMS testlarning har xil turidan foydalanish imkonini beradi.

LMSda test tahlilini ko‘rish va testni qayta topshirish mumkin.
Istalgan joyda davom ettirish
Shuningdek, LMSda hamma ma’lumotlar bulutda saqlanadi va qurilmangiz xotirasini band qilmaydi. Siz LMSga istalgan joydan va istalgan qurilmadan (kompyuter, planshet, telefon) o‘z login va parolingiz bilan kirganingizda to‘xtab qolgan joyingizdan davom ettirishingiz mumkin.
Demak, maxsus platformalar (LMS) o‘rganish jarayonini qulayroq va samaraliroq qiladigan bir qancha qo‘shimcha imkoniyatlarni taklif qiladi, chunki ular aynan masofaviy o‘rganish jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus yaratilgan. Siz BilimEra'da akkaunt ochib, o‘rganishni hozirdanoq boshlashingiz mumkin – bu qiyin emas (akkaunt ochish uchun yo‘riqnoma bu yerda).
Bog‘lanish
-
Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Oliy Himmat ko‘chasi, 128-a
-
info@bilimera.uz
-
(+998) 77 535-36-00
-
@BilimEra (bog‘lanish uchun)
-
https://t.me/Bilim_Era (telegram kanal)
