Mikrokurs: vaqt tig‘iz dunyoda samarali o‘rganish
Nov 25
/
Komil Jalilov
Siz nimadir o‘rganmoqchisiz: balki imtihon uchun yoki ishingiz uchun yangi ko‘nikmani egallashingiz, yoki qaysidir bilimlarni xotirangizda “jonlantirib” olishingiz kerakdir. Kurslar katalogiga qaraysiz: 40 soatlik, ikki oylik, 12 haftalik va hokazo kurslarni ko‘rib, sahifani yopasiz. Sizda hozir buncha vaqt yo‘q.
Bunday holatda mikrokurs yordamga kelishi mumkin. Mikrokurs – bu aniq bir o‘quv natijasiga erishish uchun mo‘ljallangan, diqqatingizni aniq bir maqsadga qaratadigan qisqa kurs. Mikrokurs sizga, deylik, butun ingliz tilini o‘rgatishga urinmaydi, lekin u sizga qanday qilib rasmiy shikoyat xatini o‘rgatishi mumkin.
Mikrokursning asosiy xususiyatlari:
- qisqa: odatda mikrokursni tugatish uchun 10 daqiqadan 2 soatgacha vaqt ketadi;
- aniq bitta maqsadga qaratilgan: mikrokursda aniq bir ko‘nikma, tushuncha yoki muammoga e’tibor qaratiladi;
- amaliyotga yo‘naltirilgan: mikrokurs odatda darhol qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan bilimlarni berishga mo'ljallangan.
Muhim narsa: mikrokurslar an’anaviy “to‘laqonli” kurslardan yaxshiroq yoki yomonroq emas, ular shunchaki boshqa maqsadga xizmat qiladi.
Mikrokurslar ommalashayotganligi sabablari
Kamroq toliqish va yuqori o ‘zlashtirish samaradorligi:
Kognitiv yuklama nazariyasiga ko‘ra, inson miyasi bir vaqtning o‘zida faqat cheklangan miqdordagi ma’lumotni qabul qila oladi. Mikrokurslar ma’lumotni kichik bo‘laklarda taqdim qiladi, bu esa “hazm qilish” va eslab qolishni osonlashtiradi.
Ayni kerakli paytida o‘rganish:
Tasavvur qiling, ertaga hisobot topshirishingiz kerak va hisobotingiz uchun ma’lumotlar asosida diagrammalar yaratishingiz kerak, lekin buni qanday amalga oshirishni bilmayapsiz. Ayni payda sizga “Kengaytirilgan Excel kursi” kerak emas; sizga diagrammalar yaratishni o‘rgatadigan 15 daqiqalik qo‘llanma kerak. Mikrokurslar tezkor muammolarni hal qilishda qo‘l keladi. ‘
Muvaffaqiyat hissi
40 soatlik yoki bir necha oylik kursni tugatish – chidamlilikni talab qiladigan marafon. Mikrokursni qisqa vaqtda tugatish mumkin, bu esa sizga muvaffaqiyat hissini beruvchi dofamin ishlab chiqaradi. Bu psixologik ko‘tarinkilik sizni o‘rganishda davom etishga undaydi.
Vaqtni bekor o‘tkazmaslik
Mikrokurslar qisqa bo‘lgani uchun siz darsni boshqa ishlaringiz orasida, masalan, qahvangizni kutayotganda, ishga ketayotganda yoki uyga qaytayotganda, majlis boshlanishini kutayotganda ham tugatib olishingiz mumkin.
Yana bir muhim jihati: mikrokurslar narxi an’anaviy kurslarga qaraganda ancha pastroq bo‘ladi. Siz bir shirinlik yoki tushlik puli evaziga o‘zingiz uchun kerakli bo‘lgan bilimlarni o‘rganishingiz yoki qaytarib olishingiz mumkin.
Yana bir muhim jihati: mikrokurslar narxi an’anaviy kurslarga qaraganda ancha pastroq bo‘ladi. Siz bir shirinlik yoki tushlik puli evaziga o‘zingiz uchun kerakli bo‘lgan bilimlarni o‘rganishingiz yoki qaytarib olishingiz mumkin.
Albatta, agar siz kasbingizni o‘zgartirmoqchi yoki qaysidir sohaga chuqur kirmoqchi bo‘lsangiz, sizga mikrokurs emas, an’anaviy, keng qamrovli kurs kerak bo‘ladi. Lekin ma’lum bir ko'nikmani sayqallash, aniq bir muammoni hal qilish yoki ish jadvalingizni buzmasdan qaysidir bilimlarni xotirangizda yangilab olish uchun aynan mikrokurs to‘g‘ri yechim bo‘la oladi.
Bog‘lanish
-
Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Oliy Himmat ko‘chasi, 128-a
-
info@bilimera.uz
-
(+998) 77 535-36-00
Hamkorlik
Hamkorlik yuzasidan takliflaringiz bo‘lsa, elektron pochta manzilingizni qoldiring.
Thank you!
Copyright © 2025
