Яндекс.Метрика

Qulay va sifatli ta’lim: eng sara mutaxassislar va o‘quv materiallari

Biz bilan o‘zingizda qulay joyda, qulay vaqtda va qulay rejimda o‘rganing.

Pedagogik tamoyillar asosida qurilgan kurslar

Har qanday o‘rganish jarayoni – xoh u an'anaviy ta'lim bo‘lsin, xoh onlayn ta'lim – pedagogikaning bazaviy tamoyillari ustiga qurilgandagina samara neradi. Biz kurslarni yaratishda ularning nafaqat mazmun jihatdan, balki metodika nuqtayi nazaridan ham to‘g‘ri tuzilishiga alohida e'tibor qaratamiz. 

Faol o‘rganish

Ta'lim jarayonida o‘rganuvchi o‘quv materiali bilan faol "muloqot"ga kirishsa, materialning puxta o‘zlashtirilishi va uzoq muddatli xotiradan mustahkam orin olishi ta'minlanadi. Interaktiv videolar, o‘z-o‘zini tekshirish bloklari va turli formatdagi testlar o‘rganuvchi va o‘rganilayotgan material o‘rtasidagi faol muloqotni ta'minlaydi. 

Feedback orqali o‘rganish

Qayta aloqa (feedback) – samarali ta'lim jarayonining muhim elementi. Har bir mashq yoki testni ishlab ko‘rganingizdan keyin uning batafsil tahlili (feedback) taqdim etiladi – siz nafaqat xatolaringizni tushunasiz, balki ular orqali o‘rganasiz. 

Kurs kuratori va kursdoshlardan yordam

O‘rganish jarayonida tug‘ilgan savollaringizni yozib qoldiring – kurs kuratori albatta ularga javob beradi. Kursdoshlaringiz – shu kursda tahsil olayotgan boshqa o‘rganuvchilar bilan muloqotga kirishib, bir-biringizdan o‘rganishingiz ham mumkin. Bu o‘rganish jarayonining yanada qiziqarli bo‘lishini ta'minlaydi.  

Bizning kurslarimiz

O‘zingizni qiziqtirgan kursni tanlang va o‘rganishni boshlang!